PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARNING ASOSIY
TARKIBIY QISMLARI, JARAYONLARI, TURLARI VA NATIJALARI
Dars loyihasini ishlab chiqish
(darsning texnologik xaritasi)
Mavzu |
Pedagogik texnologiya tushunchasi, uning
ta’riflari va metodikadan farqi. |
|
Darsning maqsadi va vazifalari |
Dars jarayonida tinglovchilarga pedagogik
texnologiya va uning metodikadan farqli jihatlarini
tinglovchiga yetkazib berish. |
|
Dars mazmuni |
Pedagogik texnologiya tushunchasi, uning
ta’riflari va metodikadan farqi. Pedagogik texnologiya ta’rifi haqida. Pedagogik texnologiya
tushunchasining kelib chiqishi, uning sabalari, unga bo’lgan ehtiyojlar. O’quv fani
va uni o’qitishning o’ziga xos hususiyatlariga muvofiq bo’lgan pedagogik
texnologiyani tanlash. Pedagogik
texnologiyaning rivojlanish omillari. |
|
O’quv jarayonini tashkil etish texnologiyasi |
Shakl:savol-javob, suhbat, Metod:Klaster Vosita: video proektor, (didaktik) tarqatma materiallar,test savollari, A-4 format qog’ozi,
marker, darslik, ko’rgazma qurollar. Usul:og’zaki,
yozma, ko’rgazmali, taqdimot. Nazorat: test savollari va javoblari. Baholash: individual baholash, o’z o’zini baholash, guruh ishini baholash. |
|
Kutiladigan natijalar: |
O’qituvchi |
Tinglovchi |
|
·
Yangi nazariy
bilimlar beradi. ·
Dars jarayonini
maqsadli va
oqilona boshqaradi. Tinglovchilarga
pedagogik texnologiya tushunchasini beradi.
Tinglovchilarga pedagogik texnologiya tushunchasi va uning ta’riflarni
slayd orqali tushuntiradi.
Qisqa vaqt ichida ko’p ma’lumot
to’plashga yo’naltiradi.
Tinglovchilarga pedagogik
texnologiya tushunchasi uning
ta’riflari metodikadan farqini tinglovchilar klaster metodi orqali
bajarishadi. Tinglovchilarda pedagogik texnologiya
faniga qiziqish uyg’otadi. |
·Yangi nazariy bilimlar olishadi. ·
Axborot izlash,
to’plash va foydalanish ko’nikmalari shakllanadi. ·Tinglovchilarga pedagogik texnologiya tushunchasini beradi. ·
Mustahkamlaydi
va o’z o’zini baholaydi hamda o’zgalar faoliyatini tahlil qiladi. ·
Yakka tartibda
va kichik guruhda ishlash ko’nikmasi hosil bo’ladi. ·
Olingan
bilimlarni tizimli bayon etadi. ·
Tinglovchilarda
pedagogik texnologiya faniga qiziqish uyg’onadi ijobiy munosabatlari
rivojlanadi. |
Kelgusidagi rejalar: |
O’z ustida
ishlash. Mavzuni hayot bilan bog’lash. Pedagogik mahoratni oshirish. Yangi
pedagogik texnologiyani takomillashtirish. |
O’z fikrini ravon bayon
qiladi. Mavzu asosida qo’shimcha materiallar topadi, ularni o’rganadi. Guruh
fikrini tahlil qilib, bir yechimga kelish malakasini hosil qiladi. |
1. Pedagogik texnologiya
tushunchasi haqida.
O’tgan
yillarimizga nazar tashlab, ularni sarhisob qilsak, mustaqilligimiz sharofatini
yanada chuqurroq anglaymiz. Biz ta’limda butunlay yangilanish, yangi jarayonga tom
ma’noda o’tish va unga moslashish davrini boshimizdan kechirmoqdamiz. «Ta’lim to’g’risida»gi
Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» bizga eski usullardan voz kechib ta’limning
har bir qirrasigacha qayta qurish imkonini bergan bo’lsa, «2004-2009 yillarda Maktab
ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi» esa qo’lga kiritilgan imkoniyatlarni:
takomillashgan davlat ta’lim standartlari, o’quv dasturlari, davlat talablari, yangi
o’quv darsliklarini har tomonlama zamon talablariga mos jihozlangan maktablarda,
zamonaviy o’quv xonalarida amaliyotga joriy etish imkoniyatlarini keng ochib berdi.
Yangilangan
ta’limda o’quvchining yuragidagi cho’g’ni alanga oldirish, uni har tomonlama rivojlantirib,
bilimdan-bilimga yetaklab olib chiqish uchun zamonaviy darslar zarurdir.
Hozirgi
paytda pedagogika fanida pedagogik texnologiyalar,
ta’lim texnologiyasi, o’qitish texnologiyasi iboralari tez-tez tilga olinmoqda. Bugungi kungacha pedagogik adabiyotlarda, ta’lim
muammolariga oid ma’ruzalar, rasmiy hujjatlarda «yangi pedagogik texnologiya»,
«ilg’or pedagogik texnologiya», «zamonaviy ta’lim texnologiyasi» ga oid tushunchalari
hali ham bir qolipga tushirilmagan, entsiklapediyalarda izohlanganicha yo’q, uning
mazmunini yagona talqini ishlab chiqilmagan va shuning uchun iboraning bir-biridan
farqlanuvchi ko’pgina ta’riflari mavjud.
Pedagogik
texnologiya - shunday bilimlar sohasiki, ular vositasida uchinchi ming yillikda
davlatning ta’lim sohasidagi siyosatida tub burilish yuz beradi, o’qituvchi faoliyati
yangilanadi, o’quvchi va talaba yoshlarda hurfikrlilik, bilimga chanqoqlik, Vatanga
mehr-muhabbat, isonparvarlik tuyg’ulari tizimi shakllantiriladi.
Ma’lumotlilik
asosida yotuvchi bosh g’oya ham tabiat va inson uzviyligini anglab yetadigan avtoritar
va soxta tafakkur yuritish usulidan voz kechgan, sabr-bardoshli, qanoatli, o’zgalar
fikrini hurmatlaydigan, milliy-madaniy va umuminsoniy qadriyatlar kabi shaxsiy sifatlarni
shakllantirishni ko’zda tutgan insonparvarlik
hisoblanadi. Bu masalaning yechimi qaysidir darajada ta’limni texnologiyalashtirish
bilan bog’liqdir.
Dastlab
"texnologiya" tushunchasiga
aniqlik kiritaylik. Bu so’z texnikaviy taraqqiyot bilan bog’liq holda fanga
1872-yilda kirib keldi va yunoncha ikki so’zdan - "texnos" (techne) - san’at,
mahorat, hunar va "logos"
(logos) - fan so’zlaridan tashkil topib
"hunar fani" ma’nosini anglatadi.
Biroq, bu ifoda ham, zamonaviy texnologik jarayonni to’liq tavsiflab berolmaydi.
Texnologik jarayon, har doim zaruriy vositalar va sharoitlardan foydalangan holda,
operatsiyalarning muayyan ketma-ketlikda bajarilishni ko’zda tutadi. Aniqroq aytadigan
bo’lsak, texnologik jarayon - bu mehnat qurollari bilan mehnat ob’ektlari (xom ashyo)ga
bosqichma-bosqich ta’sir etish natijasida mahsulot yaratish borasidagi ishchi (ishchi
mashina)ning faoliyatidir. Ana shu ta’rifni tadqiqot mavzusiga o’giradigan bo’lsak,
ya’ni: Pedagogik texnologiya - bu o’qituvchi
(tarbiyachi)ning ta’lim-tarbiya vositalari yordamida o’quvchi (talaba)larga muayyan
sharoitda ta’sir ko’rsatishi va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan shaxsiy sifatlarni
shakllantirish jarayonidir.
Yuqorida
keltirilgan ta’rifdan ko’rinib turibdiki, pedagogik texnologiya tushunchasini izohlashda
texnologiya jarayoni asos qilib olindi.
Aslini olganda ham, bu tushunchaga berilgan ta’riflar pedagogik adabiyotlarda nihoyatda
ko’pdir. Pedagogik adabiyotlarda "texnologiya" atamasining xilma-xil ko’rinishlarini
uchratish mumkin: "o’qitish texnologiyasi",
"ta’limli texnologiya", "ma’lumot texnologiyasi", "o’quv
jarayoni texnologiyasi" va hokazo. O’qitish texnologiyasi pedagogik texnologiyaga
yaqin tushuncha bo’lsa-da, aynan o’xshash ma’noni anglatmaydi, chunki u ma’lum predmet,
mavzu va savollar doirasidagi aniq o’quv materialini o’zlashtirish yo’lini muayyan
texnologiya atrofida ifoda etadi. U ko’proq xususiy metodika bilan bir qatorda turadi.
Pedagogik
texnologiya esa ma’lumot texnologiyasini
joriy etish taktikasini ifodalaydi va "o’qituvchi - pedagogik jarayon o’quvchi
(talaba)" funksional tizim qonuniyatlariga tegishli bilimlar asosida quriladi.
Alohida qayt etib o’tish joizki,
ayni vaqtda ta’lim texnologiyasi tushunchasini mantiqiy-g’oyaviy jihatdan izohlash
borasida yagona fikr mavjud emas. Pedagogik adabiyotlarda 300 dan ortiq ta’riflar
berilgan.
Yuqorida qayd etilganidek, pedagogik texnologiya nazariyasi o’tgan asrning
ikkinchi yarmidan boshlab asoslanib kelinayotgan bo’lsa-da, aynan “pedagogik texnologiya”
tushunchasiga nisbatan turlicha yondashuvlar mavjud. Xususan pedagog olim V.P.Bespalko
pedagogik texnologiyani “amaliyotga tatbiq qilinadigan muayyan pedagogik tizim loyihasi”
deya ta’riflaydi hamda asosiy diqqatni o’quv-pedagogik jarayonni oldindan loyihalashga
qaratadi. N.F.Talzina esa pedagogik texnologiyaning “fan va amaliyot oralig’ida
muayyan tamoyillarni olg’a suruvchi metodlar ishlab chiqaruvchi, ularni izchil qo’llash
kabi masalalarni hal etishga yo’naltirilgan mustaqil fan” bo’lishi lozimligini qayd
etadi va hokazo.
2. Pedagogik texnologiyaning ta’riflari.
Hozirgi ta’lim-tarbiya sohasida keng rivojlanib borayotgan
yo’nalishlardan biri zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llashdan iborat. Ma’lumki,
ta’lim-tarbiya jarayoni katta avlod tomonidan o’z bilim va tajribalarini o’sib kelayotgan
avlodga o’rgatishdan iborat bo’lib, bu jarayonda asosan inson hayoti uchun zarur
axborotlarni avloddan avlodga uzatish amalga oshiriladi.
Pedagogik texnologiyaning har turli ta’riflari mavjud
bo’lib, har bir ta’rif ma’lum nuqtai nazardan yondashishni ifodalaydi. Ayrim asosiy
ta’riflar va ularning sharxlarini ko’rib chiqamiz.
Pedagogik texologiya-barkamol insonni shakllantirish faoliyati.
Texnologiya – biror ishda, mahoratda, san’atda qo’llaniladigan usullar,
yo’llar yig’indisi (Izohli lug’at).
Texnologiya – ishlov berish, ahvolni o’zgartirish san’ati, mahorati, qobiliyati,
metodlar yig’indisi (V.M.SHepel).
Pedagogik texnologiya – o’qitishning, ta’limning shakllari, metodlari, usullari,
yo’llari, tarbiyaviy vositalarning maxsus yig’indisi va komponovkasi (joylashuvi)ni
belgilovchi psixologik tartiblar (ustanovka)lar majmuasi: u pedagogik jarayonning
tashkiliy-uslubiy vositalaridan iborat (B.T.Lixachev).
Pedagogik texnologiya-o’qituvchi mahoratiga bog’liq bo’lmagan xolda pedagogik
muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan o’quvchi shaxsini shakllantirish jarayonining
loyihasidir (V.B.Bespalьko).
Pedagogik texnologiya-ta’limning rejalashtiriladigan natijalariga erishish
jarayoni tafsiloti (I.P.Volkov)
Pedagogik texnologiya-o’quv jarayonining o’quvchilar va o’qituvchi uchun
so’zsiz qulay sharoitlar ta’minlashni loyihalash, tashkil qilish va o’tkazish bo’yicha
hamma detallari o’ylab chiqilgan birgalikdagi pedagogik faoliyat modeli (V.M.Monaxov).
Pedagogik texnologiya-texnika resurslari, odamlar va ularning o’zaro ta’sirini
hisobga olgan holda ta’lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo’yuvchi o’qitish
va bilimlarni o’zlashtirishning xamma jarayonlarini yaratish, qo’llash va aniqlashning
tizimli metodi (YuNESKO).
Pedagogik texnologiya-bu o’qitishga o’ziga xos yangicha
(innovatsion) yondoshuvdir. U pedagogikadagi ijtimoiy-muhandislik tafakkurining
ifodalashi, texnokatik ilmiy ongning pedagogika sohasiga ko’chirilgan tasviri, ta’lim
jarayoning muayyan standartlashuvi hisoblanadi (B.L.Farberman).
O’qituvchining o’qitish (tarbiya) vositalari yordamida
o’quvchilarga muayyan sharoit va izchillikda ta’sir ko’rsatish hamda mazkur faoliyatning
mahsuli sifatida ularda oldindan belgilangan sifatlarni shakllantirish jarayoni
(N.Saidahmedov).
Yuqorida keltirilgan ayrim ta’riflarning o’zaro har xilligidan
ko’rinadiki, pedagogik texnologiya tushunchasi ko’p qirrali bo’lib, unga pedagogik,
psixologik, didaktik, tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va boshqa nuqtai
nazalardan yondashish mumkin.
Pedagogik texnologiya-axborotlarni o’zlashtirish, ulardan amalda foydalanish,
ulardagi yangi ma’no-mazmunlarni hamda axborotlar orasidagi turli bog’liqliklarni
ochish orqali yangi axborotlar yaratishga o’rgatish jarayonidan iborat.
Pedagogik texnologiya-ta’lim metodlari, usullari, yo’llari hamda tarbiyaviy
vositalar yig’indisi: u pedagogik jarayonning tashkiliy-uslubiy vositalari majmuidir.
Pedagogik texnologiya-ma’lumotlarni o’zlashtirish uchun qulay shakl va usulda
uzatish va o’zlashtirish jarayonidan iborat.
Demak, pedagogik texnologiya-insonga (ta’lim-tarbiya oluvchiga) oldindan
belgilangan maqsad bo’yicha ta’sir o’tkazish faoliyatidan iborat.
Pedagogik texnologiya o’quvchini mustaqil o’qishga, bilim olishga, fikrlashga
o’rgatishni kafolatlaydigan jarayondir.
Xulosa. Pedagogik texnologiya
jarayonida o’qituvchi rahbarligida o’quvchi mustaqil ravishda bilim oladi, o’rganadi,
o’zlashtiradi.
Bu faoliyatni amalga oshirish uni tashkil qilish, olib borish, takomillashtirish,
tahlil qilish, tadqiq qilish, qiyoslash, umumlashtirish, xulosa chiqarish, boshqarish,
nazorat, baholash kabi jarayonlarni o’z ichiga oladi.
3. Pedagogik texnologiyaning
rivojlanish tarixi.
Pedagogika fani tarixidan ko’rinib turibdiki o’qitish va kadrlar tayyorlashning
yanada mukammal metodlarini va usullarini izlash doimiy davom etib kelgan.
O’qitish - bu jamiyat taraqqiyoti
uchun samarali pedagogning faoliyati yakunlanishi bilan darhol ko’rinmasa ham har
qanday boshqa faoliyat kabi ishlab chiqarish faoliyatidir.
Jamiyat tarixida iqtisodiy davrlar faqatgina nimalar ishlab chiqarilishi,
kim tomonidan qancha ishlab chiqarilishi, mehnatning qaysi vositalari bilan ishlab
chiqarilishiga qarab farq qilmaydi.
Ana shu nuqtai nazardan biz ijtimoiy tarixda mavjud bo’lgan “pedagogik rivojlanish
davr” larni ko’rib chiqamiz.
I. Individual pedagog, qo’l bilan
ishlaydigan pedagogning pedagogik faoliyati davri (qadimgi davrlardan boshlab
XVII asrgacha);
II. Yozuv kitobi davri (XVII
asrdan hozirgi davrgacha);
III. Audiovizual vositalar davri
(XX asrning 50 yillari);
IV. O’qitishni boshqarishni avtomatlashtirish
oddiy vositalari davri (XX asrning 70 yillari);
V. Zamonaviy hisoblash mashinalari
asosida ta’limni boshqarishni avtomatlashtirishda adaptiv vositalar davri (XX asr
oxiri komp’yuterda o’qitish).
Dastlab XX asrning 20 yillarida “Pedagogik texnologiya” termini birinchi
bor pedagogika bo’yicha asrlarda tilga olingan. Shu vaqtning o’zida yana bir boshqa
– “pedagogik texnika” termini ham tarqaldi. U pedagogik entsiklopediyada 30 yillarda
o’quv mashg’ulotlarini aniq va samarali tashkil etishga qaratilgan uslublar va vositalar
sifatida ifodalangan.
Bu tushuncha 1940 yillardan 50-yillar
o’rtasigacha “ta’lim texnologiyasi” deb qo’llanilib, o’quv jarayonida audiovizual texnika vositalaridan foydalanishni
ifoda qilgan.
60- yillar o’rtalarida bu tushunchaning mazmuni chet ellarda pedagogik nashrlarda
va xalqaro konferensiyalarda keng muhokama etildi, natijada ushbu sohada turli mamlakatlarda
(AQSH, Angliya, Yaponiya, Frantsiya, Italiya, Vengriya) uni talqin qilishning ikki
yo’nalishi belgilandi.
Birinchi yo’nalish tarafdorlari texnik
vositalar va dasturlashtirilgan o’qitish vositalarini qo’llash zarurligini ta’kidladilar.
Ikkinchi yo’nalish tarafdorlari esa
o’quv jarayonini tashkil etish samaradorligini oshirish va pedagogik g’oyalarni
texnikaning keskin rivojlanishidan ortda qolishini yo’qotishni muhim deb hisobladilar.
Shunday qilib 1-yo’nalish “o’qitishda texnik
vositalar” sifatida belgilandi, 2-yo’nalish
“o’qitish texnologiyasi” yoki “o’quv
jarayoni texnologiyasi” sifatida belgilandi.
70-yillarning boshlarida turli xildagi uskunalarini va o’quv vositalarini
modernizatsiyalashtirish zarurligi anglab yetildi. Bularsiz o’qitishning sifatliligi
va samaradorliligiga erishib bo’lmas edi. Keyinchalik bu muammo bilan ixtisoslashtirilgan
tashkilotlar va markazlar shug’ullana boshladi.
AQSHda 1971 yil – “Pedagogik kommunikatsiyalar va texnologiyalar bo’yicha
AQSH Assotsiatsiyasi ” tuzildi. Hozirgi kunda mamlakat bo’ylab va Kanadada bu kengashning
50 ta filiallari ish olib bormoqda. AQSHda
1961 yilda “Pedagogik texnologiya” jurnali (Educational Technology), 1971 yilda
esa – “Audiovizual o’qitish” jurnali nashr etila boshlandi.
Angliyada 1967 yil – Pedagogik texnologiya bo’yicha Milliy kengash,
1964 yildan boshlab “Pedaogik texnologiya va o’qitishni dasturlashtirish” jurnalini,
1971 yilda “Pedagogik texnologiya” jurnalini nashr eta boshladi.
Yaponiyada - Pedagogik texnologiyalar muammolari bilan 4 ta ilmiy tashkilotlar
shug’ullanadi. 1967 yilda “Pedagogik texnologiyalar bo’yicha Milliy kengash” tashkil
etildi, uning filiallari 22 ta davlat universitetlarida joylashtirilgan. 1965 yildan
boshlab Yapon tilida har uch oyda “Pedagogik texnologiya” jurnali va ingliz tilida
yiliga ikki marta “Pedagogik texnologiyalar sohasida tadqiqotlar” jurnali nashr
etildi. Yaqinda “Pedagogik texnologiyalar bo’yicha umumyapon Markaziy kengashi”
tashkil etildi, u muammolar bo’yicha xalqaro aloqalar o’rnatish bilan ham shug’ullanadi.
Italiyada – 1971 yili pedagogik texnologiyalar
bo’yicha Milliy markaz tashkil etildi va “Pedagogik texnologiyalar” jurnali nashr
etiladi.
Vengriyada – 1973 yili o’qitish texnologiyasi Davlat Markazi tashkil etildi.
O’qitish texnologiyasi bo’yicha Xalqaro seminarda (Budapesht, 1977) olim
S.G.Shapovalenko o’qitish jarayonining uchta texnologik printsiplarini ko’rsatdi:
1. Bilim va texnikani
mukammal egallash.
2. Audiovizual materiallari
fondi bilan tanishish.
3. Ulardan samarali foydalanish
metodikasini bilish, shu jumladan ijodiy yondashishi rivojlanishi ham.
Vengriya olimi L.Salai “o’qitish texnologiyasi” tushunchasiga rejalashtirish,
maqsadlarni tahlil qilish, o’quv tarbiyaviy ishlar jarayonini ilmiy tashkil etish,
samaradorligini oshirish maqsadida eng muhim vosita va materiallarni tanlashni kiritib
o’qitish jarayonini tashkil etuvchilarni doirasini ancha kengaytirdi.
XX asrning 80-yillarida zamonaviy pedagogik jarayonni, pedagogik texnologiyaning
mohiyatini yanada chuqurroq anglab yetishga urinishlar davom etdi.
Rossiya XX asrning 90- yillarida pedagogik texnologiyalar bo’yicha Markaz
tashkil etildi, “Maktab texnologiyasi”, “Ta’limda innovatsiyalar” jurnallari nashr
etiladi.
O’zbekistonda
1997 yili kadrlar tayyorlash Milliy dasturi qabul qilingandan boshlab ta’lim tizimida,
pedagogik nashrlarda pedagogik texnologiyalar muammolari dolzarb tadqiqotchilik
ob’ektlari sifatida ko’tarila boshlandi.
1999 yilda Respublika ta’lim Markazi qoshida pedagogik texnologiyalar bo’yicha Markaz tashkil
etildi. “Ta’lim texnologiyalari”, “Ta’lim muammolari” kabi jurnallar nashr etila
boshlandi, pedagogik texnologiyalar muammolari bo’yicha maqolalar “Xalq ta’limi”,
“Pedagogik ta’lim”, “Ta’lim va tarbiya” jurnallarida, “Ma’rifat”, “O’qituvchilar
gazetasi” va boshqa ilmiy-pedagogik nashrlarda bosilib chiqarilmoqda.
1994 yili pedagogik texnologiyalar muammolari bo’yicha 1-Respublika ilmiy-nazariy
konferensiyasi o’tkazildi, ma’ruzalar va hisobotlar materiallari maxsus to’plamda
chop etildi.
Pedagog olimlar U.Nishonaliev, N.S.Saidahmedov, N.N.Azizxodjaeva, Ziyomuhammedov,
O’.Tolipov, B.L.Faberman va boshqalar Respublikada pedagogik texnologiyalar muammolari
bo’yicha jiddiy tadqiqotlar olib bormoqdalar.
2000 yilda, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika universiteti qoshida
pedagogika fanlari doktori, professor N.N.Azizxodjaeva rahbarligi ostida innovatsion
texnologiyalar Markazi tashkil etildi, bu markaz zamonaviy pedagogik va innovatsion
texnologiyalar muammolari bo’yicha pedagogik kadrlar malakasini oshirish bilan shug’ullanadi.
4.
Pedagogik
texnologiya turlari va asosiy yo’nalishlari.
Pedagogik texnologiya turlari
Pedagogik texnologiya turi |
Maqsadi |
Mohiyati |
Mexanizmi |
Muammoli o’qitish |
O’quvchilarning bilish faolligi
hamda ijodiy mustaqilligini oshirish |
O’quvchilarga
ularda bilimlar-ni o’zlashtirish borasidagi faollikni yuzaga keltirishga hizmat
qiluvchi masalalarni maqsadga muvofiq, ketma-ket berib borish |
Tadqiqotchilik
metodlari, bilish faoliyatiga yo’naltirilgan masalalarni yechish |
Mujassam-lashtirilgan ta’lim |
Shaxsning xis qilish
xususiyat-lariga maksimal darajada yaqin-lashtirilgan ta’lim jarayoni tuzilmasini
yaratish |
Mashg’ulotlarni
bloklarga biriktirish hisobiga fanlarni chuqur o’zlashtirishga erishish |
O’quvchilar
ish qobiliyati dinamikasini hisobga oluvchi ta’lim metodlari |
Modul ta’limi |
Ta’lim
mazmunini shaxsning individual ehti-yojlari va uning bazaviy tayyorgar-ligi darajasida
muvofiqlashtirish |
O’quvchilarning
individual o’quv dasturi asosida mustaqil ishlashlari |
Muammoli
yonda-shuvni amalga oshirishning individual maromi |
Rivojlanti-ruvchi ta’lim |
Shaxs va uning qobiliyatlarini
rivojlantirish |
O’quv
jarayonini shaxsning ichki imkoniyatlari va ularni ro’yobga chiqarishga yo’naltirish |
O’quvchilar
faoliyatini turli sohalarga yo’naltirish |
Differen-tsiallashgan ta’lim |
O’quvchilarning
layoqati, qiziqish va qobiliyatlarini aniqlash uchun qulay sharoitlarni yaratish |
Turli
o’zlashtirish darajalari bo’yicha majburiy me’yor (standart) dan kam bo’lmagan
hajmdagi dastur materialini o’zlashtirish |
Individual
ta’lim metodlari |
Faol o’qitish (majmuaviy ta’lim) |
O’quvchilar
faolligini yuzaga keltirish |
Bo’lajak
kasbiy faoliyatning predmetli va ijtimoiy mazmuni-ni modellashtirish |
Faol
o’qitish metodlari |
O’yin texnologiya-lari |
Bilim,
ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishning shaxsiy faoliyat tavsifida bo’li-shini
ta’minlash |
O’quv
axborotlarini qayta ishlash va o’zlashtirishga yo’naltirilgan mustaqil bilish
faoliyati |
O’quvchilarni
ijodiy faoliyatga jalb etishning o’yin metodlari |
Shuningdek , hozirda pedagogik texnologiyalarning boshqa yo’nalishlari ham
mavjud bo’lib, ulardan asosiylari empirik,
kognitiv, evristik, kreaktiv, inversion, integrativ, adaptiv, inklyuziv pedagogik
texnologiyalardan iborat. Bu yo’nalishlarning
asosiy xususiyatlari quyidagicha:
Empirik - (tajriba)
•
Sezgi a’zolari orqali bilim olish. Bu texnologiyada asosiy
e’tibor sezgi a’zolarining tabiiy rivojlanganlik imkoniyatlariga tayangan holda
bilim berish va ularni yanada takomillashtirib borishga qaratiladi.
Kognitiv-(bilishga oid)
•
Atrofdagi olam to’g’risidagi bilimlar doirasini kengaytirish
texnologiyasi. U tabaqalash (tarkibiy qismlarga ajratib o’rganish) tafakkurini shakllantiradi,
bilish ehtiyojlarini rivojlantiradi.
Evristik –(haqiqatni topish)
•
Yo’naltiruvchi savollar berish yo’li bilan ta’lim berish
tizimi. Topqirlik, faollikni rivojlantirishga xizmat qiluvchi, o’quv-izlanish ta’lim
metodi. Optimallashgan (ko’p variantlardan eng ma’qulini, mosini tanlash) tafakkurni
rivojlantiradi.
Kreaktiv –(ijodiy)
•
Tadqiqot xarakteriga, xususiyatiga ega bo’lib, o’quvchilarda
maqsadga yo’naltirilgan ijodiy tafakkurni jadal rivojlantiradi.
Inversion –(almashtirish)
•
Axborotlarni turli tomondan o’rganish, o’rnini almashtirish
xususiyatiga ega bo’lib, tafakkur (fikrlash) tizimini shakllantiradi.
Integrativ – (yaxlitlash)
•
Axborotlarni tashkil qiluvchi cheksiz ko’p kichik qismlarning
o’zaro ajralmas bog’liqligi ularning yaxlitligi, bir butunligi asosida yagona to’g’ri
xulosani aniqlash.
Adaptiv – (moslashtirish)
•
Axborotlarni o’rganish va ulardan foydalanish jarayonini
o’rganish hamda o’rgatish uchun qulaylashtirish, moslashtirish asosida kutilgan
natijaga erishish.
Inklyuziv – (tenglik)
•
O’qituvchi bilan o’quvchining o’zaro munosabatlarida tenglik
asosida ta’lim tarbiya jarayonini tashkil qilish. Shu bilan birga, imkoniyati cheklangan
o’quvchilarni sog’lom o’quvchilar bilan birgalikda o’qishni tashkil qilish pedagogik
texnologiyasi.
Shunday qilib, avvaldan loyihalashtirilgan ta’lim-tarbiya jarayonining pedagogik
texnologiyasi o’zida metodlar tizimi, ta’lim metodik usullari, maqsad, vositalari,
o’qituvchi va o’quvchilarning birgalikda faoliyat ko’rsatish imkoniyatlari hamda
yakuniy natijalariga erishish borasidagi majmuani mujassamlashtiradi.
5. Pedagogik texnologiya tushunchasi bilan metodika orasidagi
farq.
Hozirgi
kunda o’qituvchilar pedagogik texnologiya haqida aniq tushuncha va tasavvurlar birmuncha
kamligi natijasida uni xususiy metodikalar bilan deyarlik teng hisoblash hollari
uchraydi. Aslida esa ular orasida jiddiy farqlar mavjud bo’lib, quyida ular haqida
qisqacha bayon qilinadi.
Metod - grekcha metodos
so’zidan olingan bo’lib tatbiq qilaman, yo’naltiraman, ilmiy asoslayman degan ma’noni
anglatsa, metodika - grekcha so’z bo’lib
tushuntirishning yangi yo’lini topaman, qidiraman, izlayman degan ma’noni anglatadi.
Metodis
olimlarimiz metodika fanini turlicha ta’riflaydilar biroq, ta’riflarning umumiy
mohiyati bir-biriga yaqinligini e’tirof etish mumkin.
Metodika - biror ishni maqsadga
muvofiq o’tkazish metodlari, yo’llari majmuasidir (1-ta’rif).
Metodika - o’quv jarayonini
tashkil etish va o’tkazish bo’yicha tavsiyalar majmuasidan iborat (2-ta’rif).
Metodika
- fani ma’lum o’quv fanlarini o’qitish qonuniyatlarini tadqiq qiladi. Masalan, tillar metodikasi, arfmetika metodikasi kabi alohida metodikalarga ajraladi. (3-ta’rif).
Metodika - o’qituvchining kasbiy faoliyatini yangilovchi
va ta’limda yakuniy natijani kafolatlaydigan tadbirlar majmuasi, yig’indisidir.
O’quv fanlarini o’qitish qonuniyatlarini tadqiq qiladi (4-ta’rif).
Metodikaning
pedagogik texnologiyadan farqini tushunish va amalda
har ikkisidan unumli foydalana bilish talab qilinadi.
Ular orasidagi ayrim farqlar quyidagicha:
O’qitish
metodi uch xil. 1. An’anaviy metod (sakkiz qismga bo’linadi). 2. No’ananaviy metod (o’n
qismga bo’linadi). 3. Umumiy o’qitish metodi (olti qismga bo’linadi). Jami 24 ta
o’qitish metodikasi bor.
Ushbu
farqlar haqidagi masala yuzasidan quyidagi fikrni eslash mumkin. «Aslida zamonaviy
ta’lim metodlari muqaddas qiziquvchanlikni hozircha batamom bo’g’ib tashlamagani
deyarli mo’jiza, chunki bu nozik nihol (ya’ni qiziquvchanlik) rag’batlantirish yo’li
bilan bir qatorda, eng avvalo, erkinlikni talab qiladi, bo’lmasa, u shubxasiz, mavh
bo’ladi» (A.Eynshteyn).
Bu
yerda ta’lim metodlari qiziquvchanlikka yetarlicha erkinlik bera olmasligi nazarda
tutilmoqda. Pedagogik texnologiya esa bolaning qiziquvchanligini har tomonlama rivojlantirishga
qaratilgan.
Pedagogik
texnologiya tushunchasi xususiy fanlar va mahalliy darajalardagi o’qitish metodikalari
tushunchasi bilan mos keladigan hollar xususiy darajadagi pedagogik texnologiyalarga
tegishli. Ular orasida faqat asosiy e’tiborni nimaga qaratilishida farqlar mavjud.
Texnologiyalarda ko’proq protsessual,
miqdoriy va hisob-kitob komponentlari ifodalansa, metodikalarda maqsad, mazmun, sifat va variantli yo’naltiruvchi tomonlari
ko’proq ifodalanadi. Texnologiya metodikalardan o’zining qayta tiklanuvchanligi,
natijalarning turg’unligi, ko’plab «agar...»lar (agar o’qituvchi iste’dodli bo’lsa,
agar bolalar qobiliyatli bo’lsa, yaxshi ota-onalar bo’lsa... kabilar) yo’qligi bilan
farq qiladi.
Ya’ni
texnologiya tegishli tayyorgarlikka ega bo’lgan hamma mutaxasislar tomonidan qayta
tiklash va qo’llash mumkinligi bilan juda ham individual bo’lgan metoddan farq qiladi.
Metod-biror harakatni amalga
oshirish yo’li, usuli yoki ko’rinishidan
iborat.
Bunda
harakatni amalga oshirish yo’li deb,
bajarilishi talab qilinayotgan faoliyat uchun qo’llash mumkin bo’lgan bir nechta
yo’llardan oldindan ko’zda tutilgan maqsadga muvofiq ravishda tanlangan yo’lni aytiladi.
Masalan, savod o’rgatish yo’llari: oilada o’rgatish, maktabda o’rgatish, bog’chada
o’rgatish, o’qituvchi yordamida o’rgatish, kitoblar, kompyuter, ko’rgazma qurollar
va boshqalar vositasida o’rgatish. Shunga o’xshash sanoqni, arifmetik amallarni
o’rgatishda ham yuqoridagiga o’xshash yo’llardan foydalanish mumkin. Shu yo’llardan
foydalanib harakatni amalga oshirishda turli usullar qo’llaniladi. Usul - nima? Bu biror narsani, hodisani,
jarayonni amalga oshirish tartibi.
Pedagogik
texnologiya o’quv jarayoni, ya’ni o’qituvchining, o’quvchining faoliyati bilan uning
tarkibi, vositalari, usullari va shakllari bilan eng ko’p darajada bog’langanligi
bilan ajralib turadi.
Tayanch
so’z va iboralar: Redogogik
texnologiya, ta’lim jarayoni, sub’ekti, ob’ekti, bilimni to’liq o’zlashtirish,
tamoyil, dars qismlari, modulli ta’lim, muammoli ta’lim.
Nazorat uchun savol va
topshiriqlar:
1.YuNESKO
tomonidan pedagogik texnologiyaga qanday ta’rif berilgan?
2.Texnologiya
so’zi ta’lim-tarbiya jarayonida qanday ma’no anglatadi?
3.
Dars jarayonidagi faol shaxs kim?
4.
Ilg’or pedagogik texnologiyning asosiy
parametrlarini sanang.
5.
Innovatsion metodlar xususida nima deya olasiz?
Foydalanilgan adabiyotlar
1. J.Yo’ldoshev,
S.Usmonov, “Pedagogik texnologiya asoslari”, T., 2004.
2. J.Yo’ldoshev,
“Ta’lim yangilanish yo’lida”, T., 2000.
3. Ptiyukov
V.Yu., “Osnov pedagogicheskoy texnologi”,
M., 1999.
6.uzedu.uz
7.www: ziyonet.uz
Mavzu: Pedagogik texnologiya tushunchasi, uning ta’riflari
va
metodikadan farqi. Pedagogik texnologiya turlari
(2 amaliy mashg’ulot)
Dars loyihasini ishlab chiqish
(darsning texnologik xaritasi)
Mavzu |
Pedagogik
texnologiya tushunchasi, uning ta’riflari va metodikadan farqi. Pedagogik texnologiya turlari |
|
Darsning maqsadi va vazifalari |
Dars jarayonida tinglovchilarga pedagogik
texnologiya va uning metodikadan farqli jihatlarini
tinglovchiga yetkazib berish. |
|
Dars mazmuni |
Pedagogik texnologiya tushunchasi, uning ta’riflari
va metodikadan farqi. Pedagogik texnologiya
ta’rifi haqida. Pedagogik texnologiya tushunchasining kelib
chiqishi, uning sabalari, unga bo’lgan ehtiyojlar. O’quv fani
va uni o’qitishning o’ziga xos hususiyatlariga muvofiq bo’lgan pedagogik
texnologiyani tanlash. Pedagogik
texnologiyaning rivojlanish omillari. |
|
O’quv jarayonini tashkil etish texnologiyasi |
Shakl:savol-javob, suhbat, Metod:Klaster Vosita: video proektor, (didaktik) tarqatma materiallar,test savollari, A-4 format qog’ozi,
marker, darslik, ko’rgazma qurollar. Usul:og’zaki,
yozma, ko’rgazmali, taqdimot. Nazorat: test savollari va javoblari. Baholash: individual baholash, o’z o’zini baholash, guruh ishini baholash. |
|
Kutiladigan natijalar: |
O’qituvchi |
Tinglovchi |
|
·
Yangi nazariy
bilimlar beradi. ·
Dars jarayonini
maqsadli va
oqilona boshqaradi. Tinglovchilarga pedagogik
texnologiya tushunchasini beradi.
Tinglovchilarga pedagogik texnologiya tushunchasi va uning ta’riflarni
slayd orqali tushuntiradi.
Qisqa vaqt ichida ko’p ma’lumot
to’plashga yo’naltiradi.
Tinglovchilarga pedagogik
texnologiya tushunchasi uning
ta’riflari metodikadan farqini tinglovchilar klaster metodi orqali
bajarishadi. Tinglovchilarda pedagogik texnologiya
faniga qiziqish uyg’otadi. |
·Yangi nazariy bilimlar olishadi. ·
Axborot izlash,
to’plash va foydalanish ko’nikmalari shakllanadi. ·Tinglovchilarga pedagogik texnologiya tushunchasini beradi. ·
Mustahkamlaydi
va o’z o’zini baholaydi hamda o’zgalar faoliyatini tahlil qiladi. ·
Yakka tartibda
va kichik guruhda ishlash ko’nikmasi hosil bo’ladi. ·
Olingan
bilimlarni tizimli bayon etadi. ·
Tinglovchilarda
pedagogik texnologiya faniga qiziqish uyg’onadi ijobiy munosabatlari
rivojlanadi. |
Kelgusidagi rejalar: |
O’z ustida
ishlash. Mavzuni hayot bilan bog’lash. Pedagogik mahoratni oshirish. Yangi
pedagogik texnologiyani takomillashtirish. |
O’z fikrini ravon bayon
qiladi. Mavzu asosida qo’shimcha materiallar topadi, ularni o’rganadi. Guruh
fikrini tahlil qilib, bir yechimga kelish malakasini hosil qiladi. |
Aqliy hujum. Maktabgacha ta’limda qanday pedagogik
texnologiyalar qo’llanilayapti?
Hozirgi kunda maktabgacha ta’limda M.Montessori sistemasi
va IMEN texnologiya deb tan olingandir. Bu pedagogik texnologiyalar bilan bir
qatorda hozirgi kunda bolani qo’llab-quvvatlash texnologiyalari – bola shaxsiga
yo’naltirilgan ta’lim, o’yinli texnologiyalar, ta’limning individuallashtirish
texnologiyasi, interfaol ta’lim
(bolalarni har tomonlama faollashtiruvchi usullar), muammoli ta’lim,
loyihali ta’lim texnologiyalari maktabgacha ta’lim jarayoniga kirib kelmoqda.
Bu pedagogik texnologiyalardan foydalanishda bolalar
yoshiga, ularning individual xususiyatlariga alohida e’tibor beriladi. Masalan,
bolani qo’llab-quvvatlash texnologiyalari.
"Bolani qo’llab-quvvatlash" deganda
nimani tushunasiz? Bolani qo’llab-quvvatlash texnologiyasi har bir ta’lim
oluvchining individual xususiyatlariga mos keluvchi usullar va vositalarni
izlab topishga harakat qilishdir. Buning uchun psixodiagnostika usullaridan
foydalaniladi, bolalar faoliyatini turlicha tashkillaydilar, har xil o’qitish
vositalarini qo’llaydilar, ta’lim mazmuniga o’zgartirishlar kiritadilar.
Shaxsni qo’llash texnologiyalari o’zini eng to’la ifodasini chet elda
gumanistik psixologiya yo’nalishidagi izlanishlarda topgan. K.Rodjers agar
pedagog quyidagilarni qo’llasa, u guruhda shaxsni individual rivojlanishi uchun
kerakli muhitni yarata oladi deb ta’kidlaydi:
- pedagog butun ta’lim jarayonida bolalarga
bo’lgan ishonchini namoyish etib borishi zarur;
- pedagog guruh va shaxsan har bir
tarbiyalanuvchi oldida turgan maqsad va vazifalarni aniqlashga yordam berishi
kerak;
- ta’lim jarayonini tashkillashda pedagog bolani
ichki motivatsiyasidan kelib chiqishi kerak;
- pedagog bolalar uchun turli —tuman tajriba
manbasi bo’lib, bolalar keragicha unga murojaat qilishi nazarda tutiladi;
- bu sifatda u hamma bolaga bir xil yondashishi
kerak;
- pedagog guruhdagi emotsional muhitni his etib
va qabul qilish malakasini oshirib borishi lozim;
- pedagog guruhdagi o’zaro fikr almashinuvini
faol ishtirokchisi bo’lishi kerak;
- u o’z hissiyotlarini ochiq namoyish etadi.
- pedagog
o’z — o’zini va o’z imkoniyatlarini yaxshi bilishi kerak;
«BBB» usuli. O’tilgan mavzuni mustahkamlash.
«FSMU» usuli. O’tilgan mavzuni
umumlashtirish.
Pedagogik
texnologiyalarni mukammal bilishimiz va ulardan amaliyotda maromiga yetkazib qo’llay
olishimiz juda muhim.
Masalan,
bolalar individual psixologik xususiyatlariga ko’ra har xil bo’ladi, lekin ta’lim-tarbiya
bitta dastur asosida olib boriladi, bitta dastur asosida olib borilar ekan deb,
hamma boladan bir xil natijani talab qilishimiz
to’g’ri emas, qaysidir bola ba’zi narsalarni oldinroq o’rgansa, ba’zilari keyinroq
o’rganadi, kimdir amaliy bajarib tez o’rgansa, kimdir boshqaning bajarganini ko’rib
tez o’rganib oladi. Shu sababli bolalar bilan ishlayotganimizda ularga individual
tarzda munosabatda bo’lishimiz, har bir bolaning yutug’ini ko’ra olishimiz va rag’batlantirishimiz,
ularning yanada kuchli ishtiyoq bilan o’z ustida ishlashiga turtki bo’ladi.
Pedagogik
texnologiya tushunchasi, uning ta’riflari va metodikadan farqi Pedagogik
texnologiyalarning turlari
Bilardim |
Bildim |
Bilmoqchiman |
|
|
|
Pedagogik texnologiyalarda didaktik o’yinlar
texnologiyalari bolalar faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan.
Ular bolalar
shaxsidagi ijodiy imkoniyatlarni ro’yobga
chiqarish va rivojlantirishning amaliy yechimlarini aniqlash va amalga oshirishda katta ahamiyatga
ega. Didaktik
o’yinlarning asosiy turlari: intellektual (aqliy) va harakatli hamda aralash
o’yinlardan iborat. Bu o’yinlar ishtiroklarida aqliy, jismoniy, axloqiy,
psixologik, estetik, badiy, tadbirkorlik, mehnat va boshqa ko’nikmalarni
rivojlantirishga yordam beradi.
Ta’lim-tarbiya
jarayonida asosan bolalarda
ta’lim olish motivlarini, ularning turli yo’nalishdagi qobiliyat va
qiziqishlarini oshiradigan, biror kasbga moyilliklarini ko’rsatadigan didaktik
o’yinlardan foydalaniladi. Didaktik o’yinlar nazariy, amaliy, jismoniy, rolli,
ishchanlik va boshqa yo’nalishlar bo’yicha turlarga ajratiladi. Hozirda
kompyuter vositasidagi didaktik o’yinlar alohida o’ringa ega bo’lib bormoqda.
Didaktik
o’yinlar o’quvchilarda tahlil qilish, mantiqiy fikrlash, tadqiq qilish,
hisoblash, o’lchash, yasash, sinash, kuzatish, solishtirish, xulosa chiqarish,
mustaqil qaror qabul qilish, guruh yoki jamoa tarkibida ishlash, axloq-odob
o’rgatish, nutq o’stirish, til o’rgatish, yangi bilimlar o’rgatish va boshqa
faoliyat turlarini rivojlantirishga yo’naltirilgan o’yinlarga ajratiladi.
Didaktik
o’yinlardan amalda foydalanish orqali boshqa usullar yordamida erishish qiyin
bo’lgan ta’lim-tarbiyaviy maqsadlarni amalga oshirish ko’zda tutiladi. Turli
o’quv fanlariga oid didaktik o’yinlar mavjud bo’lib, ular shu fanlarni sifatli
o’rgatish maqsadlariga xizmat qiladi.
Umumiy
o’yinlar nazariyasiga ko’ra, mavjud barcha o’yin turlarini tasniflashda ularni
funktsional, mavzuli, konstruktiv, didaktik, sport va harbiy o’yinlarga
ajratiladi. Bularning orasida didaktik o’yinlar ta’lim-tarbiya vazifalarini
amalga oshirish imkoniyatini berishi bilan alohida o’ringa ega. O’yinlar
maktabgacha yoshdagi bolalarning asosiy faoliyat shakli hisoblanadi. Bu esa
pedagog va psixolog olimlar tomonidan shu yosh davridagi o’yinlarning
ta’lim-tarbiyaviy ahamiyatini o’rganish va yanada oshirish bo’yicha tadqiqotlar
olib borilishiga asos bo’ldi.
Natijada,
oldingi asrning 60-yillari boshidan AQShda so’ngra boshqa g’arb mamlakatlarida
ishchanlik o’yinlari qo’llanila boshlandi. Ishchanlik o’yinlari tadqiqotchilari
bu usulni eng asosiy, samarali va tejamli ta’lim metodlaridan iborat deb ta’kidlaganlar.
Didaktik
o’yinlarning yana bir turi-aqliy hujum usulini birinchi marta 1939 yilda
A.F.Osborn qo’llagan. Bu usulni g’oyalar banki deb ham nomlangan. U muammolarni
qo’yidagicha yechishga asoslanadi;
-muammoli
vaziyat yaratish;
-g’oyalarni
shakllantirish;
-eng
yaxshi g’oyalarni tekshirish, baholash va tanlash.
Guruh
ishtirokchilariga muammoni aniqlash va uni echish bo’yicha iloji boricha ko’p,
ba’zan, batamom kutilmagan g’oyalarni berish uchun eng qulay sharoit
yaratilishi aqliy hujum mashg’uloti samaradorligini belgilaydi. Bunda
pedagogning mahorati hamda o’quvchilarning belgilaydi. Bunda pedagogning
mahorati hamda o’quvchilarning tayyorgarliklari qanchalik yuqori ekanligi
asosiy omil hisoblanadi.
Didaktik o’yin texnologiyalari
amalga oshiriladigan ayrim noana’naviy mashg’ulot shakllari:
Ishchanlik o’yini darsi- mashg’ulot mavzusi bo’yicha
masalalarni hal etish jarayonida bolalarning faol ishtirok etishini ta’minlash orqali yangi
bilimlarni o’zlashtirish mashqi.
Rolli o’yin mashg’uloti - mashg’ulot mavzusi bo’yicha masalalarni o’rganishda bolalarga oldindan
ma’lum rollarni taqsimlash va mashg’ulot jarayonida shu rolni bajarishlarini tashkil etish
asosida bilimlarni mustahkamlash darsi.
Teatrlashtirilgan mashg’ulot – mashg’ulot mavzusi bilan bog’liq sahna ko’rinishlari
tashkil etish orqali mashg’ulot mavzusi bo’yicha chuqur, aniq ma’lumotlar berish darsi.
Kompyuter mashg’uloti - tegishli mashg’ulot turi bo’yicha mashg’ulot mavzusiga doir
kompyuter materiallari (multimedia, virtual o’quv kursi va shu kabilar) asosida
o’tiladigan dars.
Yarmarka mashg’uloti – mashg’ulot mavzusini bo’laklar bo’yicha oldindan
o’zlashtirgan bolalarning
o’zaro muloqot asosida guruhga qiziqarli tushuntirish orqali o’tiladigan mashg’ulot.
Integral (integratsiyalashgan)
mashg’ulot - bir nechta mashg’ulot turlariga doir va integratsiyalash
uchun qulay bo’lgan mavzular bo’yicha tashkil qilingan mashg’ulot bo’lib, bolalarning turli mashg’ulot turlarga
qiziqishlarini orttirib, ta’lim jarayonidagi faolliklarini ta’minlaydi.
«Mo’jizalar maydoni» mashg’uloti - bolalar bilan
o’tkaziladigan qiziqarli o’yin bo’lib, turli savollarga belgilangan vaqt
davomida to’g’ri javoblar topish va g’oliblarni rag’batlantirish orqali bolalarda fikrlash,
topqirlik, ziyraklik va bilimlarini kengaytirib borish sifatlarini
shakllantiradi.
Didaktik
uyinlarini tanlashda
ishtirokchilarning yoshi, bilimi va tarbiyalanganlik darajasi hisobga olinadi.
Har bir didaktik uyin mashg’ulotlariga o’ziga xos xavfsizlik talablari
qo’yiladi.bu xavfsizlik talablariga to’liq rioya qilinishi har bir
tashkilotchining doimiy e’tiborida bo’lishi lozim. Bundan tashqari har bir
didaktik uyin uchun sarflanadigan vaqt miqdorini to’g’ri belgilash va unga
rioya qilishning o’ziga xos asoslarini bilish va mashg’ulotning maqsadiga
muvofiq qo’llash talab qilinadi. Didaktik uyin turlarini tanlash mezonlari:
-ishtirokchilar
tarkibi bo’yicha-o’g’il bolalar, qiz bolalar, o’smirlar, katta yoshdagilar
uchun o’yinlar;
-ishtirokchilar
tarkibi bo’yicha-yakka, juftlikda, kichik guruh, katta guruh, guruh jamoasi,
raqobatdosh komandalar va ommaviy o’yinlar
-vaqt
me’yori bo’yicha-mashg’ulot, mashg’ulot vaqtining reja bo’yicha ajratilgan qismi, o’yin maqsadiga
erishguncha, g’oliblar aniqlanguncha davom etadigan va boshqa o’yinlar.
Har
bir didaktik o’yin jarayonida o’ziga xos vositalar turlari qo’llaniladi va
mashg’ulot jarayonida ulardan to’g’ri, unumli va xavfsiz foydalanish lozim. Bu
vositalarni qo’yidagi turlarga ajratish mumkin
-kontselyariya
tovarlari-turli o’lchamlardagi oq va rangli qog’ozlar, skotch, ruchka, qalam,
chizg’ich, elim va boshqalar.
-texnika,-proektor,
mikrofon, kompyuter, televizor;
Maktabgacha ta’limda har bir bola ayrim turdagi
didaktik o’yin mashg’uloti o’quv materiallarini amalda qo’llash uchun
tayyorlashini tashkil qilish metodik faoliyatining ajralmas qismi hisoblanadi.
Bunda bolalar o’z mashg’ulot turlari bo’yicha o’zlari
tanlagan mavzudagi mashg’ulotni eng maqsadga muvofiq didaktik o’yin turlaridan foydalanib o’tkazish
yuzasidan dars ishlanmasini tayyorlashlari va uning asosida metod birlashma
majlisida shu mashg’ulotni bayon qilib berishlari va tegishli muhokamalar
o’tkazib borishlari tavsiya qilinadi.
“Doira atrofida”
Boshlovchi
bolalarni atrofiga chorlaydi. “Kelinglar bolalar doira bo’lib o’tiramiz. Hammamiz
bir-birimizga qarab o’tirishimiz nihoyatda yaxshi to’g’rimi? Endi hammamiz navbat
bilan gapirmasdan, jilmayib, bir-birimiz bilan bosh qimirlatib ko’zimiz yordamida
salomlashib chiqamiz.”
“Men
va boshqalar”
Bu o’yinda
guruh doira shaklida o’tiradi va har bir ishtrokchi o’z ismining bosh harfiga bitta
ijobiy sifat tuzadi. Masalan: birinchi ishtirokchi o’z ismi va sifatni aytadi –
Gulnoza go’zal; 2-ishtirokchi o’zidan oldingi va o’zining ismi va sifatini aytadi
– Gulnoza go’zal; Malika muloyim, 3-ishtirokchi o’zidan oldingilarning va o’zining
ismi va sifatini aytadi – Gulnoza go’zal, Malika muloyim, Maftuna maftunkor. O’yin
shu tariqa davom etadi va oxirgi ishtirokchi hammanikini aytib so’ng o’zinikini
aytadi.
Agarda
ishtirokchisifatni topishda qiynalsa, tarbiyachi bolalardan yordam berishini taklif
etadi. Bu trening xotirani mustahkamlaydi, guruhdagi psixologik muhitni to’g’ri
yo’lga qo’yishga yordam beradi. Bolalarning lug’ati ijobiy so’zlar bilan boyidi.
Eslatma:
bu o’yin davomida bolalarning soni 10 tadan oshmasligi lozim.
“Klaster”
o’yini
Maqsad:
Klaster usulida transport turlarini guruhlash, ba’zi belgilariga qarab umumlashtira
olish, e’tiborli bo’lish.
Kerakli
jihozlar: Turli transportlarning alohida – alohida rasmlar.
O’yinning
borishi: Bolalarga turli xildagi transportlarning alohida-alohida rasmlari to’plami
beriladi. Bolalar transportlarni qaerda harakat qilishlariga qarab guruhlab chiqadilar
– erda yuradigan, osmonda uchadigan, suvda suzadigan.
“Nimaning
bolasi?” o’yini
Maqsad:
bolalarni hayvonot olami bilan yaqindan tanishtirish, ularning so’z boyligini oshirish.
Kerakli
jihozlar: Ot, toychoq, echki, uloqcha, qo’y, qo’zichoq, mushuk, mushukcha, tuya,
bo’taloq.
O’yinning
borishi:
Tarbiyachi:
Bolajonlar, hayvonlarning bolalariga onasini topishga yordam beramiz.
Qo’zichoq
nimaning bolasi? ..... (qo’yning bolasi)
Toychoq
.... (otning bolasi)
Uloqcha
.... (echkining bolasi)
Mushukcha
..... (mushukning bolasi)
Bo’taloq
... (tuyaning bolasi)
Hozirgi
kunda ta’lim jarayonida interfaol uslublar ( innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanib, ta’limning
samaradorligni ko’tarishga bo’lgan qiziqish,
e’tibor kundan- kunga kuchayib bormoqda.
Zamonaviy texnologiyalar qo’llanilganda pedagoglar egallayotgan
bilimlarni o’zlari qidirib topishlariga, mustaqil o’rganib, tahlil qilishlariga, hatto
xulosalarni ham o’zlari keltirib chiqarishlariga qaratilgan. Pedagog bu jarayonda shaxs va jamoaning rivojlanishi,
shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga
sharoit yaratadi. Shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo’naltiruvchi vazifasini bajaradi.
Bunday o’quv jarayonida pedagog
asosiy figuraga aylanadi.
Pedagog olimlarning yillar davomida
ta’lim tizimida
Nega
o’qitamiz?
Nimani o’qitamiz?
Qanday o’qitamiz? degan savollarga javob izlash bilan bir qatorda
Qanday
qilib samarali va natijali o’qitish mumkin?
degan savoliga javob beradilar. Bu esa
olim va amaliyotchilarni o’quv jarayonini texnologiyalashtirishga, ya’ni
«O’qitishni ishlab chiqarishga oid aniq
kafolatlangan natija beradigan texnologik jarayonga aylantirishga urinib
ko’rish mumkin» degan fikrga olib
keladi.
Bunday fikrning tug’ilishi pedagogika fanida yangi
pedagogik texnologiya
yo’nalishini yuzaga keltiradi.
Bugungi kunda ta’lim muassalarining o’quv- tarbiyaviy jarayonda pedagogik texnologiyalardan foydalanishiga alohida
e’tibor berilayotganligining asosiy sababi quyidagilardir:
Birinchidan: pedagogik
texnologiyalarda shaxsni rivojlantiruvchi ta’limni amalga oshirish imkoniyatining kengligida.
«Ta’lim to’g’risida»gi Qonun va Kadrlar
tayyorlash milliy dasturida rivojlantiruvchi ta’limni amalga oshirish
masalasiga alohida e’tibor qaratilgan.
Ikkinchidan: pedagogik texnologiyalar
o’quv-tarbiya jarayoniga tizimli faoliyat yondashuvini keng joriy etish imkoniyatini beradi.
Uchinchidan: pedagogik texnologiya pedagogni ta’lim-tarbiya
jarayonining maqsadlaridan boshlab
tashxis tizimini tuzish va bu jarayon kechishini nazorat qilishgacha
bo’lgan texnologik zanjirni oldindan loyihalashtirib olishga undaydi.
To’rtinchidan: pedagogik texnologiya yangi vositalar va axborot
usullarini qo’llashga asoslanganligi sababli, ularning qo’llanilishi «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»
talablarini amalga oshirishni
ta’minlaydi.
O’quv- tarbiya
jarayonida pedagogik jarayonni to’g’ri
tashkil etilishi pedagogning bu jarayonda asosiy tashkilotchi yoki maslahatchi sifatida faoliyat yuritishiga
olib keladi. Bu esa tinglovchilardan
ko’p mustaqillikni, ijodni va irodaviy sifatlarni talab qiladi.
Har qanday pedagogik
texnologiyalarning o’quv- tarbiya
jarayonida qo’lanilishi shaxsiy
jihatdan kelib chiqqan holda tinglovchini kim o’qitayotganligi va pedagog kimni
o’qitayotganiga bog’liq.
Pedagogik texnologiya asosida
o’tkazilgan mashg’ulotlar yoshlarning muhim hayotiy yutuq va muammolarga o’z
munosabatlarini bildirishlariga intilishlarini–oshirib, ularni fikrlashga, o’z
nuqtai nazarlarini asoslashga imkoniyat
yaratadi.
Hozirgi davrda sodir bo’layotgan innovatsion jarayonlarda ta’lim tizimi oldidagi
muammoarni hal etish uchun yangi axborotni o’zlashtirish va o’zlashtirgan
bilimlarini o’zlari tomonidan baholashga qodir, zarur qarorlar qabul qiluvchi,
mustaqil va erkin fikrlaydigan
shaxslarga aylanadi
Mavzu yuzasidan
test savollari
1.
Texnologiya – bu ...
A. grekcha ikki so‘zdan -
«texnos»-hunar va «logos»-fan so‘zlaridan tashkil topib «hunar fani» ma’nosini
anglatadi;
B. o‘qituvchi tomonidan
o‘qitish vositalari yordamida o‘quvchilarga ta’sir ko‘rsatish;
C. hunar fani;
D. san’at.
2.
Pedagogik texnologiyaning maqsadi - …
A. yangiliklarni yetkazish;
B. o‘quvchi faolligini
samarasini oshirishi;
C. kam kuch va vaqt sarflab
yuqori natijaga erishish;
D. texnologiyalarni ishlab
chiqish.
3. Pedagogik texnologiya metodikadan nima bilan
farq qiladi?
A. uzluksizligi bilan;
B. tizimliligi bilan;
С. samaradorlikni
yuqoriligi bilan;
D. texnologik xarakteri bilan.
4. Modul nima?
A. eng kichik tarkibiy bo‘lakni ifodalovchi
tushuncha;
B. pedagogik
texnologiyani tashkil qiluvchi, tarkibiy bo‘laklarni ifodalovchi tushuncha;
С. miqdorlar
to‘plamini ifodalovchi tushuncha;
D. miqdorlar to‘plamini
ifodalovchi tushuncha.
5.
Ilg‘or pedagogik texnologiyalar bo`yicha dars bosqichlarini belgilang.
A. texnologik xarita,
nazariya;
B. nazariya, harakatli
jarayon, amaliy jarayon;
C. chaqiriq bosqichi, aqliy
hujum, anglash bosqichi;
D. anglash bosqichi, aqliy
hujum,xulosa chiqarish.
1 |
2 |
3 |
4 |
5 |
A |
C |
D |
B |
C |
Foydalanilgan
adabiyotlar:
1.
J.G’.Yo’ldoshev, S.A.Usmonov. Zamonaviy
pedagogik texnologiyalarni amaliyotga joriy qilish. «Fan va texnologiyalar Markazining
bosmaxonasi». Toshkent – 2008. 130 bet.
2.
N.N.Azizxo’jaeva Pedagogik texnologiyalar
va pedagogik mahorat. “O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg’armasi” nashriyoti.Toshkent-2006. 159 bet. 64-70 betlar.
3.
R.J.Ishmuxamedov Ta’limda innovatsion
texnologiyalar. T., Istedod, 2008.-180 bet.
Комментариев нет:
Отправить комментарий