ZAMONAVIY
O’QITISHNING PEDAGOGIK- PSIXOLOGIK
TEXNOLOGIYALARI
REJA:
1. Ta’limning zamonaviy axborot texnologiyalari
2. Axborotlar va axborot texnologiyalari haqida umumiy ma`lumotlar.
3. Videokompyuterli o’qitish texnologiyasi
4. Matematika fanlarini o’qitishda
zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish metodikasi.
Ta’limning
zamonaviy axborot texnologiyalari. Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimovning 2001 yil Oliy Majlisning
5-sessiyasida so’zlagan nutqida axborot texnologiyalari va kompyuterlarni
jamiyat hayotiga, kishilarning turmush tarziga, maktab va oliy ta’lim
muassasalariga jadallik bilan olib kirish g`oyasi ilgari surilgan edi.
Prezidentimiz tashabbusi bilan Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 23 maydadagi
230-sonli «2001-2005 yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini
rivojlantirish», shuningdek, «Internet»ning xalqaro axborot tizimlariga keng
kirib borishini ta’minlash dasturini ishlab chiqishni tashkil etish
chora-tadbirlari to’g`risida»gi Qarorlari qabul qilindi. 2002 yil 30 mayda O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to’g`risida»gi Farmoni va
uning ijrosini amalga oshirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 6
iyundagi «2002-2010 yillarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini rivojlantirish dasturi» to’g`risidagi Qarori e’lon qilindi.
Bulardan ko’rinadiki, hozirgi paytda ta’limga axborot
texnologiyalarini jadal tatbiq etish, ta’lim jarayonini kompyuterlashtirish
asosiy masalaga aylangan.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida informatika va
axborot texnologiyalarini o’quv jarayoniga keng tadbiq qilish masalasi
ko’ndalang qo’yilgan. Unda, shuningdek, axborot texnologiyalari va informatika
sohasida kadrlar tayyorlash, shu jumladan Internet texnologiyalarini barcha
sohalarda keng joriy qilish dolzarb masalasi ekanligi alohida uqtirib o’tiladi.
O’zbekistonda axborot-kommunikatsiya texnologiya
(AKT) larini yanada rivojlantirish, har bir sohaga tatbiq qilish, mutaxassislarning
kompyuter savodxonligini oshirish kabi masalalar davr talabiga muvofiq
yechilmoqda.
Hozirgi paytda axborot kommunikatsiyasi rivojlanishining asosiy omillari
EHM larning turli sohalarda tobora keng qo’llanib borayotganligidadadir.
Kompyuter texnologiyalarining qo’llanish sohasining kengayishi, axborot
texnologiyalarining yaratilishi jamiyat hayotining barcha sohalarida ya’ni
ishlab chiqarishda, fanda, ta’limda, tibbiyotda va boshqa jabhalardagi
rivojlanish ya’ni tezkor axborot almashinuviga, qisqa vaqtda axborotlarni qayta
ishlash, o’z vaqtida manbaga uzatishga olib kelmoqda.
Zamonaviy o’qituvchining jamiyatni axborotlashtirish
sharoitida ishlashga tayyorligini belgilab beradigan quyidagi
axborot-kommunikativ salohiyatlar muhim hisoblanadi:
ü
Kasbiy vazifalarni
informatikaning zamonaviy vositalari va metodlarini axborot-kommunikativ
texnologiyalardan foydalangan holda bajara olish malakasi;
ü
Kasbiy faoliyatda
axborot-kommunikativ texnologiyalardan foydalanish borasida tayyorgarlik
darajasini real aks ettiruvchi, shakllanib ulgurgan shaxsiy sifatlari;
ü
Vaziyatni to’g`ri baholash va pedagogik faoliyatda
axborot-kommunikativ texnologiyalardan foydalangan holda samarali qarorlar
qabul qila oladigan predmet-maxsus bilimlarni tashkil etish imkoniyatiga ega
bo’lish.
Yangi axborot muhitining an`anaviy muhitdan prinsipial
farqi, uning o’ziga xos kichik texnologik tizimdan iboratligidadir. Zero,
istalgan ta`lim muassasasi axborot-kommunikativ texnologiyalarining ta`lim
jarayoniga integratsiyasi, ta`limning boshqa barcha didaktik, tashkiliy,
iqtisodiy, nazariy-metodologik jihatdan kichik tizimlardagi tub o’zgarishlar
bilan kechadi.
Axborot ta`lim muhiti imkoniyatlaridan samarali
foydalanish uchun pedagogning iste`molchi sifatida o’zi mo’ljaldagi texnik
imkoniyatlarining to’liq to’plamini egallagan bo’lishi talab etiladi.
Jumladan, quyidagi slaydning mazmuniga e`tabor bering.
AKT dan ta`lim jarayonida foydalanish, ta`lim s
amaradorligini oshirish uchun katta imkoniyat hisoblanadi. Jumladan, o’qitish jarayoni bilan AKT dan foydalanib o’qitish orasidagi farqni mazkur slayddan bilb olish qiyin emas.
Bunda nafaqat tinglash, o’qish balki
o’quvchilar bir dars jarayonida mustqail ta`lim olish, olingan nazariy bilimni
amalda kuzatish va mavzuni mazmunidagi yangilikni tadqiq qilish imkoniyatiga
ega bo’ladilar.
Matematika darslarida AKT dan foydalanish uchun avvalo
kompyuter
dasturlari va ulardan foydalanish yo’llarini bilib olish zarur. Bu esa
kompyuter dasturlari nafaqat o’quvchilarning bilim va ko’nikmalarini shakllantirish,
balki kompyuterni qo’llash orqali ularning ijodiy ko’nikmalarini rivojlanishiga
ham yordam beradi.
Axborotlar va axborot texnologiyalari haqida umumiy ma`lumotlar.
Axborot – so’zi lotincha «informatio» so’zidan kelib
chiqqan bo’lib, «tushuntirish, bayon etish» - degan ma’nolarni anglatadi. Ko’p
hollarda «axborot» so’zi o’rnida «berilganlar» degan ancha farq qiluvchi so’zi
ham ishlatiladi. Axborot – aniq va amalda ishlatiladigan xabardir.
Berilgan(ma’lumot)lar esa, xabar va kuzatishlarni o’z ichiga oladi. Biror
zaruriyat bo’yicha imkoniyat tug`ilganda, masalan, narsa to’g`risidagi bilimini
oshirish paytida u axborotga aylanadi.
Umuman axborot – keng ma’noda: haqiqiy dunyoni aks
etishi; tor ma’noda: saqlash, uzatish, o’zgartirish va boshqarish predmetidan
iborat ixtiyoriy ma’lumotlardir.
Zamonaviy mazmunda – axborot – odamlar orasidagi,
odamlar bilan jonli va jonsiz tabiat, xususan EHM orasidagi ma’lumot
almashinuvi bo’lib, keng ma’nodagi ilmiy tushunchadir.
Informatika – insoniyat faoliyatining bir sohasi
bo’lib, u axborotni hosil qilish, saqlash va kompyuter yordamida ularni qayta
ishlash, shu bilan bir qatorda tadbiq muhiti bilan o’zaro bog`liq bo’lgan
jarayonlarning aloqadorliklarini o’z ichiga oladigan ko’nikma va vositalar
tizimidir.
Axborot texnologiyalari – axborotni yig`ish, saqlash,
uzatish, o’zgartirish, qayta ishlash usul va vositalari yig`indisidan iborat.
O’qitishning yangi axborot texnologiyasi deganda –
faqat o’quv tarbiya jarayonga qo’llanishi mumkin bo’lgan eng yangi axborot
texnologiyalarni tushuniladi.
Yangi axborot
texnologiyalari - turli toifali foydalanuvchilar
tomonidan EHM asosida axborot olish va qayta ishlash bo’yicha xizmatlar bilan
ta’minlashdan iborat.
Axborot
texnologiyalari – ijtimoiy hayotining barcha sohalari
uchun axborot yaratish, to’plash, uzatish, saqlash, va qayta ishlash hisoblash
texnikasi va aloqa tizimlaridan foydalanishdir.
O’qitishdagi informatsion va telekommunikatsion texnologiyalar -
bu talabalarga kompyuterlar va telekommunikatsiya vositalari yordamida axborot
uzatish usul va metodlarining majmui, bilimlarni o’zlashtirishni tekshirish,
real hayotda olingan bilimlarni qayta ishlash va ulardan foydalanish.
Dasturli ta’minot boshqaruvchi muhit
bo’lib, talabaning harakat-larida sodir bo’ladigan vaziyatga qarab, mos javob
beradi. Dastur ta’minoti maxsus ishlab chiqilgan yoki o’qitishda qo’llanishga
moslangan bo’ladi.
O’qitishda qo’llaniladigan dastur ta’minoti vazifasiga
qarab quidagicha tavsiflanadi:
-
o’quv materialining
interaktivligi, multimediyaligi, katta hajm va gipermatnliligini
ta’minlaydigan elektron intellektual darsliklar asosida avtomatik o’qitish
tizimlari;
-
mikromirlar deb ataluvchi
fanga yo’naltirilgan muhitlar;
- laboratoriya
mashg`ulotlari;
- trenajyorlar;
- ma’lumotnoma tizimlar;
- kompyuterli o’yinlar.
Avtomatlashtirilgan
o’qitish tizimi o’quv kursini yoki uning katta bo’limini mustaqil o’zlashtirishga
imkon yaratadi. Bu tizim o’zida oddiy darslik, masalalar to’plami, laboratoriya
mashg`ulotlari, ma’lumotnoma va o’zlashtirilgan axborotni tekshiruvchi ekspert
xususiyatlarini mujassamlantirgan:
- materialni o’rganishning
maqbul yo’lini ta’minlaydi, ya’ni talabaga nazariyani o’zlashtirish va misollar
hamda namunaviy masalalarni yechish ko’nikmalarini ishlab chiqish
navbat-tartibini mustaqil tashkil etishiga, shuningdek olgan bilim va
ko’nik-malari sifatini o’zi tekshirishiga imkon beradi;
-
tahlil va tadqiqotchilik
faoliyati ko’nikmalarini singdiradi;
-
o’quvchining vaqtini
tejashga imkon beradi.
Fanga yo’naltirilgan muhit o’quv dasturlari
paketidan iborat bo’lib, ma’lum klass ob’ektlari bilan ish ko’rishga, ular
o’rtasidagi munosabatni va ob’ektlar hamda munosabatlar ustida olib boriladigan
ishlarni bajarishga, shuningdek ob’ektlarni va ularning xossalarini yaqqol
tasavvur etishga imkon beradi.
Talaba muhit ob’ektlari bilan ish ko’rganda
topshirilgan didaktik masalaga erishish, yoki mustaqil tadqiqotlarni bajarishni
maqsad qilib qo’yadi.
Tekshiruvchi dasturlar bilimlar sifatini tekshirish va baholash uchun mo’ljallangan.Ular
o’quvchiga: javobni umum qabul qilingan shaklga maksimal yaqin-lashtirilgan
hollda kiritish; tekshirish natijalarini saqlash, yig`ish, raspechatka olish
(qog`ozga ko’chirish) va statistik tahlil qilish; javobning shakli va sintaktik
(gapning tuzilish) savodliligidan qat’iy nazar, adekvat baho olish imkonini
berishi lozim.
Ma’lumotnoma tizimlari – bu ma’lumotnomaga
o’xshagan turli o’quv axborotlarini saqlash va o’quvchiga ko’rsatish uchun
mo’ljallangan dasturlardir. Bu dasturlarda o’quv materiali iyerarxik tartibda
joylashtiriladi va axborotni turli belgilariga qarab tez izlab topish mumkin
bo’ladi. Ular kontekst ma’lumotni olish,
saqlash va nusha chiqarishni ta’minlaydi.
Videokompyuterli o’qitish texnologiyasi – talabalarning faol bilish, bilim orttirish
jarayonlarini rag`batlantiruvchi texnologiyadir. Bu texnologiya o’quv axborotlarining verbal va tasavvurli
shakllarini birgalikda namoyon etish, o’qitish jarayonini maqsadlarga
moslashtirish imkonini beradi. Talabalar kompyuter bilan individual
o’qitilganda darslarda kommunikativ faoliyat ko’rsata olmaydi, bundan tashqari,
muammoli o’qitish zaminidagi evristik aspekt yo’qqa chiqadi..
O’qitishning videokompyuterli modelini ochiq tizim
sifatida qarab, unga o’qitishning boshqa
an’anaviy vositalari qo’shilishi mumkin. Albatta, har bir alohida holda
verbal-vizual va tasvirli axborotning salmog`i o’zgarishi mumkin. Bularning
barchasi kompyuterli va videotexnologiyalar tasvirlash vositalarining mazmuni
va xususiyatlariga va mazkur mavzuni o’rganishda erishish lozim bo’lgan
didaktik maqsadlarga bog`liq.
Hozirgi kunda kompyuterlar ta’lim tizimida asosan
to’rt yo’nalishda foydalanilmoqda:
-o’rganish
ob’ekti sifatida;
- o’qitishning texnik
vositalari sifatida;
- ta’limni boshqarishda;
- ilmiy-pedagogik
izlanishda.
Kompyuterli
o’qitishning afzalliklari juda ko’p: o’quvchilarda ma’lum malakalarni
shakllantirish vaqti qisqaradi; mashq qilinadigan topshiriqlar soni oshadi;
o’quvchilarning ishlash sur’ati jadallashadi; kompyuter tomonidan faol
boshqarishni talab qilinishi natijasida o’quvchi ta’lim sub’ektiga aylanadi;
o’quvchilar kuzatishi, mushohada qilishi qiyin bo’lgan jarayonlarni
modellashtirish va bevosita namoyish qilish imkoniyati hosil bo’ladi;
kommunikatsiya vositalaridan foydalangan holda darsni uzoqdagi manbalar bilan
ta’minlash imkoniyati hosil bo’ladi; kompyuter bilan muloqot didaktik o’yin
xarakterini oladi va bu bilan o’quvchilarda o’quv faoliyatiga motivatsiya
kuchayadi va hokazo.
Kompyuterli ta’lim jarayonida ta’lim o’quvchi va
kompyuter orasidagi munosabatlarga ko’ra tashkil etiladi, boshqariladi, nazorat
qilinadi.
Kompyuterli ta’limni tashkil etish – o’quvchi bilan
o’quv materiali o’rtasidagi bog`lanishni kompyuter vositasida yo’lga qo’yish. O’quvchi bilan o’quv materiali
o’rtasidagi bog`lanishni tashkil etish uchun ta’lim loyihalanadi.
O’quvchilarning o’quv ishlarini tashkil etish, ular faoliyatini
rag`batlantirish tegishli vositalar asosida modellashtiriladi.
Ta’lim jarayonida foydalanishga mo’ljallangan ko’plab
elektron o’quv materiallari yaratilganki, unga elektron darslik, elektron o’quv
qo’llanma, o’rgatuvchi dastur vositalari kabilarni misol qilib ko’rsatish
mumkin. Ular o’zida boshqarilish imkoniyati, interfaol uslublar, sun’iy
intellekt elementlari, hissiy moslashuvchanlik kabi xususiyatlar muvjudligiga
ko’ra ta’limda ma’lum samaradorlikni ta’minlaydi.
Kompyuterlarni o’quv
jarayonida qo’llash quyidagilarga imkon beradi:
- o’quvchilarda bilish
ehtiyojini shakllantiradi;
- o’quvchilarning bilish
faoliyatini faollashtiradi;
- o’quvchilarda fanni
o’rganishga qiziqishni oshiradi;
- kompyuter bilan ishlashni
o’rganishga bo’lgan ishtiyoqni oshiradi;
- kompyuterlardan foydalanish
bilan bog`liq dunyoni ilmiy bilishning hozirgi zamon metodlari bilan
tanishtiradi;
- ta’limda o’quvchining
individuallik darajasini oshiradi;
- o’quvchilarning ijodkorlik
qobiliyatini rivojlantiradi;
- materiallar mazmunining
xilma-xilligini ta’minlaydi;
- ta’limda foydalaniladigan
o’quv materiallari doirasini kengaytiradi;
- ta’limda ko’rgazmalilikni
kuchaytiradi;
- o’quvchilarning o’z-o’zini
nazorat qilishi, ya’ni baholash jarayonining omillarini kengaytiradi va h.k.
Kompyuterli ta’lim tamoyillari:
-ilmiylik
-tizimlilik va ketma-ketlik
-ko’rgazmalilik
-o’quvchilar faoliyatini individuallashtirish
-nazariyaning amaliyot bilan aloqadorligi
-tushunarlilik
-fanlararo, ham fan ichidagi bog`liqlikni ta’minlash
-fanning turmush bilan bog`liq bo’lishi
-bilish faoliyatini
faollashtirish
-izlanishga o’rgatish
Kompyuterli ta’lim
vositalarini quyidagi to’rt guruhga ajratish mumkin:
Matematika fanlarini o’qitishga yangi
texnik vositalar, shu jumladan, kompyuter va boshqa axborot texnologiyalarining jadal kirib kelayotgan hozirgi davrida fanlararo uzviylikni
ta`minlash maqsadida informatika fani yutuqlaridan foydalanish dolzarb
masalalardan biridir.
Kompyuter texnikalarini ta`lim
muassasalariga tatbiq etish, o’qitish jarayonini optimallashtirishga keng yo’l
ochib beradi.
Keyingi o’n yillikda matematika fanini o’qitishda kompyuterlardan
foydalanish bir necha asosiy yo’nalishlarda olib borildi. Bularga kompyuter
yordamida bilimni baholash, turli tipdagi o’rgatuvchi dasturlarni ishlab
chiqish va rivojlantirish, bilishga oid matematikaviy o’yinlarni ishlab chiqish
va boshqalar kiradi.
Matematika o’qitishda kompyuterlarni
qulayligini yana bir yo’nalishi ayrim o’quv holatlarini modellashtirishdir.
Modellastirilgan dasturlardan foydalanishning maqsadi, o’qitishning boshqa
usullari qo’llanganda tasavvur qilish, ko’z oldiga keltirilishi qiyin bo’lgan
materiallarni tushunarlibo’lishini ta`minlashdan iborat. Modellashtirish
yordamida o’quvchilarga ma`lumotlarni grafik rejimda kompyuter multimediasi
ko’rinishida taqdim qilish mumkin. Shu boisdan ular matematikani chuqur
o’rganish va o’quv jarayonida sezilarli darajada mustaqillik namoyon etishga
moyil bo’ladilar.
Ko’p holatlarda vujudga keladigan
matematik muammoni tez va berilgan aniqlikda hal etish uchun professional
matematikdan o’z kasbi bilan bir vaqtda ma`lum bir algoritmik til va
dasturlashni bilishi talab qilinadi. Shu maqsadda XX asrning 90-yillarida
matematiklar uchun ancha qulayliklarga ega bo’lgan matematik sistemalar
yaratilgan. Bu maxsus sistemalar yordamida turli sonli va analitik matematik
hisoblarni, oddiy arifmetik hisoblashlardan boshlab, to xususiy hosilali
differensial tenglamalarni yechishdan tashqari grafiklarni yasashni ham amalga
oshirish mumkin.
Matematika fanlarini o’qitishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan
foydalanish metodikasi. Matematika fanlarini
o’qitishga yangi texnik vositalar, shu jumladan, kompyuter va boshqa axborot texnologiyalarining jadal kirib kelayotgan hozirgi davrida fanlararo uzviylikni
ta`minlash maqsadida informatika fani yutuqlaridan foydalanish dolzarb
masalalardan biridir.
Kompyuter texnikalarini ta`lim
muassasalariga tatbiq etish, o’qitish jarayonini optimallashtirishga keng yo’l
ochib beradi.
Keyingi o’n yillikda matematika fanini o’qitishda kompyuterlardan
foydalanish bir necha asosiy yo’nalishlarda olib borildi. Bularga kompyuter
yordamida bilimni baholash, turli tipdagi o’rgatuvchi dasturlarni ishlab
chiqish va rivojlantirish, bilishga oid matematikaviy o’yinlarni ishlab chiqish
va boshqalar kiradi.
Matematika o’qitishda kompyuterlarni
qulayligini yana bir yo’nalishi ayrim o’quv holatlarini modellashtirishdir.
Modellastirilgan dasturlardan foydalanishning maqsadi, o’qitishning boshqa
usullari qo’llanganda tasavvur qilish, ko’z oldiga keltirilishi qiyin bo’lgan
materiallarni tushunarli bo’lishini ta`minlashdan iborat. Modellashtirish
yordamida o’quvchilarga ma`lumotlarni grafik rejimda kompyuter multimediasi
ko’rinishida taqdim qilish mumkin. Shu boisdan ular matematikani chuqur
o’rganish va o’quv jarayonida sezilarli darajada mustaqillik namoyon etishga
moyil bo’ladilar.
Ko’p holatlarda vujudga keladigan
matematik muammoni tez va berilgan aniqlikda hal etish uchun professional
matematikdan o’z kasbi bilan bir vaqtda ma`lum bir algoritmik til va
dasturlashni bilishi talab qilinadi. Shu maqsadda XX asrning 90-yillarida
matematiklar uchun ancha qulayliklarga ega bo’lgan matematik sistemalar
yaratilgan. Bu maxsus sistemalar yordamida turli sonli va analitik matematik
hisoblarni, oddiy arifmetik hisoblashlardan boshlab, to xususiy hosilali
differensial tenglamalarni yechishdan tashqari grafiklarni yasashni ham amalga
oshirish mumkin.
Axborotlarni ifodalash va uzatishga
bo’lgan ehtiyoj so’z, yozuv, tasviriy san’atda, kitob chop etish, pochta
aloqasi, telegraf, telefon, radio, oynai jahon va ishlab chiqarishning boshqa
jabhalarini boshqarishning barchasi kompyuter texnologiyalari yordamida
osongina hal qilinmoqda.
Buning siri shundaki, axborotning
katta qismi, shu paytgacha asosan, qog`ozlarda, magnit tasmalarida, ya’ni EHM
dan tashqarida saqlanmasdan, matn, chizmalar, sur’atlar, tovushlarning
barchasini axborot shaklida EHM larda saqlash, qayta ishlash va uzatish
usullarini ishlab chiqilganligidadir.
Kompyuter texnologiyasida matnlar,
tasvirlar, ovozlar, shakllar va shunga o’xshash boshqa ishlarni amalga oshirish
imkoniyatlari maxsus dasturlash yordamida juda yengil va tezkorlik bilan hal
etilmoqda. Shuning uchun matematika, fizika, ximiya, biologiya va boshqa
fanlarni o’qitishda kompyuter texnologiyasidan foydalanish ijobiy natijalarni
olib kelmoqda.
Haqiqatdan o’qituvchi Windows operatsion tizimi bilan ishlatiladigan Word
matn muharriri, Power Point, Internet, Excel va boshqa maxsus amaliy dasturlar,
Multimedia vositalari yordamida yengilgina o’z darsini kompyuter
texnologiyasidan foydalanib tashkil etishi mumkin.
Buning natijasida o’quvchilarda fanga
bo’lgan qiziqish ortadi, o’tilgan mavzuni tushinish, kerakli tushunchani
anglash va o’zlashtirish jarayoni tez kechadi.
Elektron jadvallar asosan iqtisodiy
masalalarni yechishga mo’ljallangan bo’lsada. Uning tarkibiga kiruvchi
vositalar boshqa sohaga tegishli masalalarni yechishga ham, masalan, formulalar
bo’yicha hisoblash ishlarini olib borish, grafik va diagrammalar qurishga katta
yordam beradi.
Elektron jadval yordamida berilgan
algoritm asosida masalalarni hal etish, jadvaldagi qiymatlar bo’yicha turli
shakllar yasash va bosmaga chiqarish ishlarini bajarish mumkin.
Exceldagi avtomatik to’ldirish
imkoniyatidan foydalanib sonli qiymatlarni va matn elementlarini kiritishni
osonlashtirish mumkin. Bu imkoniyat ayniqsa funksiya qiymatlarini
jadvallashtirishda katta yordam beradi.
Funksiya qiymatlarini ma’lum qadam
bilan hisoblash matematikaning juda ko’p bo’limlarida uchraydi. Ayni shu
imkoniyatlardan foydalanib matematika fakultetidagi talabalar funksiyalarning
grafiklarini hosil qilishlari va shu tariqa ayrim murakkabroq funksiyalarning
xossalarini ekranda aniq ko’rishlari mumkin.
Excel dagi funksiya ustasi funksiya
va uning argumentlarini yarim avtomatik tartibda kiritishga yordam beradi.
Funksiyalar ustasini qo’llash funksiyaning yozilishi va uning hamma
argumentlarini sintaktik to’g`ri tartibda kiritilishini ta’minlaydi. Bu esa o’z
navbatida talabalarning funksiyalarning xossalarini qiynalmay va tezda
o’rganishlariga juda katta yordam beradi.
Ma’lumotlarni diagrammalar shaklida
namoyish etish, bajarilayotgan ishni tez tushunishga va uni tez hal etishga
yordam beradi. Jumladan, diagrammalar juda katta hajmdagi sonlarni ko’rgazmali
tasvirlash va ular orasidagi aloqadorlikni aniqlashda juda foydalidir.
Multimediyali
ishlanmalar asosida o’tkaziladigan ma’ruza mashg`ulotining ssenariysi.
Guruhda yo’qlama qilinib, mashg`ulot mavzusi va maqsadi hamda mashg`ulot
davomida qo’llaniladigan texnologiyalar yuzasidan qisqacha ma’lumotlar
beriladi. Yangi mavzu tushunchalarini kiritish uchun kerakli o’rganilgan
matematik tushuncha va tasdiqlarni takrorlash, tartiblash va qo’yilgan maqsadga
qaratish uchun elektron ko’rgazmali qurol ko’rinishida tayyorlangan savollar va
tez hal etiladigan topshiriqlar ekranda namoyish etiladi. O’qituvchi
talabalarning javoblarini baholab boradi va bu savol-javobda barcha
talabalarning faol ishtirok etishiga e’tiborni qaratadi.
Yangi mavzuga o’tishda talabalarga
to’plam, ular ustida bajariladigan amallar qanchalik maktab matematikasidan
tanishligini aniqlash va ularning bilimini oliy ta’lim talablari asosida
to’ldirish va chuqurlashtirish maqsadida talabalarga maqsadga qaratilgan
savollar berib borish va ularning javoblarini to’ldirish (klaster tuzishni
topshirish mumkin), tartiblash orqali yangi tushunchalar kiritiladi.
Talabalarga Eyler-Venn diagrammalari haqida elektron ko’rgazmali qurol
yordamida ma’lumot beriladi va bir qancha misollar birgalikda hal etiladi. Dars
davomida to’plamlar ustida bajariladigan amallar, Eyler-Venn diagrammalari
multimedia imkoniyatlaridan foydalanib Power Point dasturi orqali tayyorlangan
elektron ko’rgazmali qurollar yordamida namoyish etib boriladi.
Talabalarning ma’ruza davomida olgan
bilimlarini tartiblash, mustahkamlash maqsadida ekran orqali har bir talabaga
alohida tuzilgan topshiriqlar beriladi. Talabalar 10 daqiqa davomida
topshiriqlarni bajaradilar hamda yonidagi sherigiga tekshirish uchun beradilar.
O’qituvchi daftarlarni yig`ib olgan vaqtda topshiriqlarni tekshirib har bir
talabani baholaydi.
Dars yakunida ekranda talabalarga keyingi mashg`ulot
mavzusiga tayyorgarlik ko’rish uchun savollar va uy vazifalari sifatida
topshiriqlar beriladi.
Комментариев нет:
Отправить комментарий